Putin tarjimonini “bandit” deb atadi

Vladimir Putin “Arktika – muloqot maydoni” forumi doirasida Shvetsiya bosh vaziri Stefan Levan bilan suhbatlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shvetsiya bosh vaziri Stefan Levan bilan suhbatlashayotgan vaqtda uning so‘zlari xato tarjima qilgan tarjimon ustidan hazil qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Putin bahaybat tan soqchini chetga surib qo‘ydi - video

Putin Shvetsiya investorlari tomonidan Rossiya iqtisodiyotiga besh milliard investitsiya kiritilgani haqida gapirayotib, ularni “do‘stlar” deb atadi.

Tarjimon esa bu so‘zni “hamkorlar” deb tarjima qildi: “Men do‘stlar dedim, u esa hamkorlar deb tarjima qildi. Bandit”, - deya hazil qilgan Rossiya davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Potr Poroshenko Putin bilan bo‘lgan plakat uchun uzr so‘ragani haqida xabar qilgan edik.