FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro shahrining ayrim ko‘chalarini suv bosgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi joriy yilning 9-aprel kuni Buxoroda kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

Soat 04:00larda boshlangan kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro shahrining "Amirobod", "Hofiz Tanish Buxoriy", "Rohat", "Chorboqoli", "Mirzo G‘ofur", "Havzinav", "Ozod", "Nizomiy", "Tursunoy", "Kamolot", "Tinchlik", "Yangiobod", "Tagband Bofon", "Furqat" "Xo‘ja Porso" ko‘chalari, shuningdek, Buxoro tumani "Sheyxoncha" ko‘chasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Bundan tashqari, "Havzinav" ko‘chasi 21-uy, Amirobod ko‘chasidagi 13-uy, "Bo‘ri Bofon" ko‘chasidagi 23-uy, "Obod" ko‘chasidagi 74-uy, "Rohat" ko‘chasidagi 31-uy, "Ko‘chabog‘" ko‘chasidagi 20-uy, "Toshko‘cha" ko‘chasidagi 80-uy, "Mirzo G‘ofur" ko‘chasidagi 19-uy, "Mustaqillik" ko‘chasidagi 32-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat "Suvoqava" DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

FVV Buxorodagi kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi

Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmagan.

FVV O‘zbekiston ahli sel tufayli qanday zarar ko‘rgani haqida to‘liq axborot berdi