Xakerlar Toshkentda Rossiya konsulxonasining saytiga hujum qilishdi

O‘zbekiston fuqarolari konsullik sayti orqali qabulga ro‘yxatga o‘ta olishmadi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Xakerlar Toshkentda Rossiya konsulxonasi rasmiy saytiga hujum qilishdi. Bu haqda nuz.uz nashri Rossiya konsullik bo‘limi mudiri I.Fetisovaga asosan xabar qildi.

Migrantlar, talabalar va biznes forum: O‘zbekiston va Uzoq Sharqni nima birlashtiradi

Nashr yozishicha, xakerlar fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha elektron navbatga ta’sir qilishga harakat qilishdi.

Xakerlar navbatdan tez bilan o‘tish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi vositachilar yollagan bo‘lishi mumkin.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Sputnik muxbiriga xakerlar elektron navbatda barcha joylarni band qiluvchi botni yaratishgani ma’lum qilindi. Shuningdek, vositachilar konsulxonaga qabulga yozilish joyni sotishgan. 

Rossiyalik texnik mutaxassislar tomonidan muammo bartaraf qilindi. Sayt oldingi rejimda ishlamoqda.