Ravon Rossiya bozoriga qaytmoqda

Mart oyida Ravon R2 modeli Rosstandartda sertifikatsiya qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. GM-Uzbekistan o‘zining Ravon brendi bilan Rossiya bozoriga qaytmoqda, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari. Bu safar Ravonning Rossiyaga qaytishi bu mish-mish emas ko‘proq haqiqatga o‘shaydi, deb yozadi Autostat nashri.

Ravon Rossiyada nechta avtomobil sotgani ma’lum bo‘ldi

Birinchidan, 2019-yilning mart oyida Rosstandartda Ravon R2 modeli sertifikatsiya qilindi. Ravon R4 va Nexia R3 modellarining sertifikati muddati hali tugamagan. 

Ikkinchidan, Ravon avtomobillari 3-apreldan boshlab qo‘shni Belarusga eksport qilina boshlandi.

"Demak, kompaniya bizning bozorlarda o‘zining narxlar siyosatini belgilab olgan va endi avtomobilllarni Rossiya bozoriga olib kelishga ham hech narsa to‘sqinlik qilmaydi", - deb xulosa qilishgan Autostat mualliflari.

Eslatib o‘tamiz, Ravon avtomobillari Rossiya bozorida avtomat uzatmalar qutisiga ega bo‘lgan eng arzon avtomobillar edi. O‘Tgan yilning birinchi choragida Ravon Rossiyada 5000 ga yaqin avtomobil sotgan, keyin avtomobillar yetkazib berish to‘xtatilgan edi.