Poroshenko Putin bilan bo‘lgan plakat uchun uzr so‘radi

Ukrainaning ko‘p shaharlarida Poroshenko va Putin tasvirlangan plakatlar paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti Potr Poroshenko o‘zining “Yoki Poroshenko, yoki Putin” deb nomlangan saylovoldi shiori muvaffaqiyatsiz bo‘lganini tan oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ukraina rahbari uning Rossiyaga qarshi bo‘lgan plakatlarini prezidentlik poygasi yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan bog‘lagan ukrainaliklardan kechirim so‘radi.

Poroshenko spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi

“Men Zelenskiyni Putinning agenti ekanlikda ayblamayman. Kimdir buni shunday tushungan bo‘lsa, men uzr so‘rayman”, - degan Poroshenko ICTV telekanali efiri chog‘ida.

Bundan tashqari, Poroshenko uning kampaniyasi Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turida, ehtimol, “xatoliklarga yo‘l qo‘yganini” tan oldi.

Avvalroq Ukrainaning ko‘p shaharlarida Poroshenko va Putin tasvirlangan plakatlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, plakatlarda “21 aprel – hal qiluvchi saylov” deb yozilgan edi.

Hammasi endi boshlanadi: Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti saylovlari 31 mart kuni o‘tkazildi. Ukraina MSKning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi turda g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib borgan nomzodlardan hech qaysisi yetarlicha ovoz to‘play olmagan. Shuning uchun saylovlarning ikkinchi turi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ikkinchi turda 30,24 foiz ovoz to‘plagan Vladimir Zelenskiy va 15,95 foiz ovoz to‘plagan Potr Poroshenko prezidentlik kursisi uchun o‘zaro kurash olib borishadi.

Poroshenko spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirdi