Nazarboyev qo‘shnilar bilan qanday siyosat olib borish kerakligi haqida maslahat berdi

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin qo‘shnilar bilan munosabatlar ishonarli bo‘lib qolishi kerak.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Qozog‘iston uchun tashqi siyosiy kurs o‘zgarmasligi juda muhim. Bu haqda Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev TIV rahbari Beybut Atamqulov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Hozir asosiysi – avval ishlab chiqilgan, tashqi siyosiy kursi o‘zgartirilmasligi. Birinchi navbatda yaqin qo‘shnilarga e’tibor qaratish kerak. Ular o‘zaro ishonchli bo‘lib qolishi kerak”, - dedi Nazarboyev.

Nazarboyev respublika tashqi siyosat idorasining mamlakat ichida bo‘lib o‘tgan siyosiy o‘zgarishlarga e’tibor qaratdi.

Qozog‘iston poytaxtida joylashgan vokzal nomi o‘zgartirildi

“Qozog‘istonda juda muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Amaldagi Konstitutsiyaga amal qilgan holda, hukumatni tinch va osoyishta tranzitini ta’minladik, buni butun dunyoga ko‘rsatdik”, - dedi birinchi prezident.

Qozog‘istonga deyarli 30-yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20-mart kuni is’tefoga chiqdi.

Mamlakat rahbari bo‘lib Kasim-Jomart Tokayev bo‘ldi. Bundan oldin u parlament yuqori palatasi raisi lavozimida bo‘lgan.

2020 yilda prezident vakolatlari tugaydi. Shunga qaramay, Tokayev respublikada shu yil 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi.

“Men Elbasi Nursulton Nazarboyev bilan maslahatlashdim, shuningdek, hukumat, parlament, Konstititutsion kengashi rahbarlari va partiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdim. Navbatdan tashqari saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror – juda zarur va muhim bo‘lgan qadam. Men 2019-yil 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qildim”, - dedi Tokayev jonli efir chog‘ida.