Navoiyda kenguru uchun park qurilmoqda

Park 2020-yil boshlarida foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Navoiy viloyatining Navbahor tumanida “Safari-park” tashkil etilmoqda.

Afrika tuyaqushlari O‘zbekistonda ko‘paymoqda

“Xalq so‘zi” nashrining ma’lum qilishicha, “Straus farm Navbahor” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha uchun tuman hokimligi tadbirkorga 59 gektar yer maydoni ajratgan.

Mazkur parkka Afrika tuyaqushidan tashqari, yashash sharoiti hudud iqlimiga mos zebra, kenguru kabi hayvonlar ham keltiriladi.

Loyihani 2020-yil boshlarida foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda, deyiladi xabarda.