Musulmonlar idorasida 2 kishi jamoat tartibini buzdi - IIBB

Musulmonlar idorasida jamoat tartibini buzganlar 2 kishi ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasida bezorilik qilgan ikki kishiga nisbatan ma’muriy qonunbuzarlik ishi ochildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 8-aprel soat 11:00 da 2 kishi O‘zbekiston musulmonlar idorasiga kelib muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashni qo‘pol ravishda talab qilishgan.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Yangi Zelandiyadagi hujumga munosabat bildirdi

“Usmonxon Alimov xizmat safarida bo‘lganligi sababli, idoraga kelgan ikki nafar erkaklar bilan Idora raisining o‘rinbosari Abdulaziz Mansur uchrashgan. Ammo ular rais o‘rinbosari bergan javoblardan qoniqmasdan, idora xodimlariga qaratilgan turli xil haqoratomus o‘xshatishlar bilan o‘z talablarini izhor etishda davom etishgan. O‘zlarining har bir harakatlarini ular mobil telefonga ijtimoiy tarqmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zatib videoga olishgan”, - deyilgan xabarda.

Olmazor tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu hodisa bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqib va tomonlar fikrlarini eshitib, 43 yoshli muqaddam bir necha bor sudlangan (shular qatorida firibgarlik uchun ham) R.K. va 47 yoshli A.T.larni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddalarida (Ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi.