Buxoro viloyatida poyezd va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida Turkiya fuqarosi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. 2019-yil 8-aprel kunidan 9-aprel kuniga o‘tar kechasi soat 01:15larda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, “Solur” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘nalishidagi Xalqaro M-37 avtomabil yo‘lida YTH yuz bergan. Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, 2019-yil 8-aprel kunidan 9-aprel kuniga o‘tar kechasi Qorako‘l tumani, “Solur” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘nalishidagi Xalqaro M-37 avtomabil yo‘lidagi Qandim GPZ temir yo‘lining 2 km.da yo‘lni kesib o‘tayotgan Turkiya Respublikasi fuqarosi Zaki Kiraj o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Mersedes-benz” rusumli davlat raqami TR 76 DH 642 bo‘lgan tirkamali yuk avtomashinasi bilan yo‘lini kesib o‘tayotgan TEM2-5808-raqamli teplovozning yoqilg‘i bakiga urib, yo‘l transport xodisasi sodir etgan.

Natijada, Turkiya Respublikasi fuqarosi Zaki Kiraj og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.