Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar uchun 2 ta markaz ish boshladi

Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sir tutiladi.
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Toshkentning Bektemir va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari (shelterlar) ochildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar uchun 2 ta markaz ish boshladi

Markazlarda xalqaro tajribalarga tayangan holda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarga o‘z vaqtida manzilli yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish, o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Mazkur shelterlar Bektemir-Mirobod-Yashnobod hamda Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlararo reabilitatsiya markazlari sanaladi.

Toshkentda zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar uchun 2 ta markaz ish boshladi

Markazlarda zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, zarurat bo‘lganda, ularga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan. Shuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlash bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Huddi shunday reabilitatsiya markazlarini Sergeli-Yakkasaroy, Shayxontohur-Olmazor, Mirzo Ulug‘bek-Yunusobod, Uchtepa-Chilonzor tumanlararo Markazlari sifatida ochish rejalashtirilgan.

Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sir tutiladi.

Bugungi kunda og‘ir ahvoldagi ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli — “ishonch telefoni” ishga tushirilgan.