Toshkent viloyatida talaba rashk tufayli qasddan odam o‘ldirishga urindi

Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi rashk tufayli bir kishini pichoqladi.
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Toshkent viloyatida talaba rashk tufayli bir kishini pichoqladi.

Rashk qurboni: Farg‘onada erkak turmush o‘rtog‘ini umriga zomin bo‘ldi

Bosh prokuraturaning xabar qilishicha, 07.04.2019 yil Yangiyo‘l tumani “Axil” mahallasida yashovchi A.A. (1993 y.t, Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi) shu mahalladagi “Senyor Pomidor pasta & BBQ” kafesi oldida fuqaro B.X. (1992 y.t, ishsiz) bilan rashk sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, bo‘yin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston JK  25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘ch olish, rashk va meros mojarosi: O‘zbekistonda maishiy qotilliklar sabablari va statistikasi

Jinoyatchi tegishli protsessual tartibda qo‘lga olingan.