Termizda gaz portlashi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

Dushanba kuni Termiz shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. Dushanba kuni Termiz shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti viloyat IIB vakiliga tayanib xabar qilmoqda.

Termizdagi uy yerto‘lasida portlash sodir bo‘ldi, jabrlanganlar bor

Avvalroq idora vakili RIA Novostiga dushanba kuni ertalab Termizdagi uylardan birida portlash sodir bo‘lgani va odamlar jabrlangani haqida ma’lum qilgan edi.

“Soat 11:32da Termizdagi uylardan birining yerto‘lasida gaz-havo aralashmasi chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda voqea joyida ikki kishi halok bo‘ldi”, - dedi IIB xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yerto‘lada do‘kon ombori bo‘lgan.

Mahalliy nashrlarning xabar qilishicha, 1962 va 1985-yilda tug‘ilgan erkak fuqarolar halok bo‘lgan.

IIBda gaz portlashi sabablari va zarar miqdorini aniqlash maqsadida tekshiruv ishlari olib borilayotganini qo‘shimcha qilishdi.