TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekiston bojxona kodeksining import bojlari stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar Norma.uz.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning 4-aprelidan boshlab O‘zbekistonga olib kirilayotgan shinalar uchun quyidagi import boji stavkalari qo‘llaniladi:
- yangi pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar uchun (TN kodi 4011) - 10 %, lekin donasi uchun 3 $dan kam bo‘lmagan miqdorda;
- pnevmatik rezina, foydalanilgan yoki tiklangan shinalar, protektorlar va h.k. (TN kodi 4012) - 20 %, lekin donasi uchun 3 $dan kam bo‘lmagan miqdorda;
Izoh. 4011800000 «Transport vositalari va qurilishda, tog‘ ishida yoki sanoatda foydalaniladigan mashinalar uchun yangi shinalar» bundan mustasno, ular bo‘yicha stavka – 0.
Ushbu o‘zgartirishlardan maqsad – import bojxona boji summasining quyi chegarasini joriy etish, deyilgan xabarda.
Yangi qonun bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.