TOShKENT, 8 apr - Sputnik. “Barselona” klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq sardori va yarimhimoyachisi Xavi Qatarning “Al Sadd” klubi tarkibida Toshkentga keldi.
Ispaniyalik yarimhimoyachi Xavi to‘p suruvchi “As-Sadd” Osiyo chempionlar ligasida Toshkentning “Paxtakor" klubi bilan bir guruhdan joy olgan.
"Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvi 9-aprel kuni soat 19:00 da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Xavi jahon va ikki karra Yevropa chempioni. Ispaniyaning “Barselona” klubi tarkibida 4-marta UYeFA Chempionlar ligasi sovrini qo‘lga kiritgan. Xavi 2015-yilda Qatarning "As-Sadd" klubiga o‘tgan.
Shuningdek, "Al Sadd" tarkibida yana bir ispaniyalik futbolchi – Gabi to‘p suradi. Uning ham Toshkentda maydonga tushishi ko‘zda tutilgan.