Toshkentda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan avtomarafon bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston poytaxtida 100 ga yaqin transport vositalari ishtirokida avtomarafon o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Bugun, 7-aprel kuni Toshkent shahrida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683-yilligiga bag‘ishlangan 100 ga yaqin transport vositalari ishtirokida avtomarafon o‘tkazildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Toshkentda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan avtomarafon bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahri IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbirning masofasi 25 km.ni tashkil etdi.

Toshkentda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan avtomarafon bo‘lib o‘tdi

Unda akademiyaning bir guruh harbiy xizmatchilari Amir Temur davridagi askariy kiyimlarni kiyib ishtirok etdi. Qolgan yurt himoyachilari shaxsiy avtomobillarda O‘zbekiston bayroqlari bilan o‘tishdi.