Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining finalchilari aniqlandi

“Semurg‘” va “Humo” jamoalari o‘rtasida kechgan beshinchi seriya ikkinchi finalchi nomini aniqlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. Kecha tunda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining pley-off uchrashuvlaridan o‘rin olgan so‘nggi bahs bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xokkey chempionatining eng yorqin lahzalari

“Semurg‘” va “Humo” jamoalari o‘rtasida kechgan beshinchi seriya ikkinchi finalchi nomini aniqlab berdi.

Qiziqarli kechgan o‘yin “Semurg‘”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shu tariqa ilk bora tashkil qilinayotgan xokkey bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final bellashuvida “Binokor” hamda “Semurg‘” jamoalari o‘zaro bahs olib boradigan bo‘lishdi.