TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Joriy yil 6-aprelga o‘tar kechasi ertalab kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Akrabat qishlog‘ida ko‘chki yuzaga kelib, temir yo‘lning izlarini pasayishiga olib keldi.
Hozirgi kunda temir yo‘lining ustki qismni tiklash va mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu yo‘l vaqtincha yopildi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan to‘xtatilgan yuk poezdining elektrovoz ishchi-xodimlarini tashish uchun avtobus tashkil etildi.
Ta’kidlash lozim, tabiiy hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q, yuk poyezdining vagonlari shikastlanmadi.
Kompaniya rahbariyati bugun kechgacha ushbu temir yo‘l uchastkasini to‘liq tiklash ishlarini yakunlashni rejalashtirmoqda.