Mirziyoyev ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qarorni imzoladi

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirma “yagona darcha” tamoyili asosida beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. Joriy yil 5-aprel kuni “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi soddalashtirildi

Qarorga muvofiq quyidagilarni amalga oshirishda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan (Reyestr) ko‘chirma “yagona darcha” tamoyili asosida beriladi:

-    ko‘chmas mulk bitimlarini notarial tasdiqlashda (ko‘chmas mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqlar bundan mustasno);

-    “E-IJRO AUKSION”da ko‘chmas mulkni auksion orqali sotishda;
-    noturar ko‘chmas mulk bo‘yicha rieltorlik tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda;
-    arzon uy-joylar qurishda qatnashayotgan banklar tomonidan – qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda.

2019 yil 1-sentabrdan Toshkent shahridagi, 2020-yil 1-yanvardan respublikaning barcha hududlaridagi ko‘chmas mulkka nisbatan huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat elektron shakldagi kadastr pasporti tayyorlanganidan keyin notariuslar tomonidan elektron kiritiladi va mulkdorga Reyestrdan ko‘chirma beriladi.