Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan birinchi maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. Ushbu loyihaning bosh kuratori Shahnoza Mirziyoyeva.
Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ochilish marosimida Maktabgacha ta’lim vaziri Agripina Shin, prezident maslahatchisi Abdujabbar Abduvaxitov, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva, Qoraqalpog‘iston Jo‘g‘org‘i Kengashi Raisi Muso Erniyozov, Sog‘liqni saqlash vazirligi vazir o‘rinbosari Elmira Basitxanova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov ishtirok etdi.