Yerga nisbatan xususiy mulk huquqini himoya qilish mexanizmlari joriy etiladi

Fuqarolik qonunchiligi takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. Prezidentning tegishli hujjati bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Mirziyoyev ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qarorni imzoladi

Konsepsiya doirasida fuqarolik qonunchiligi unifikatsiya qilinadi va tizimlashtiriladi.

Asosiy fuqarolik-huquqiy institutlar takomillashtirilib, yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllari optimallashtiriladi, bir-biriga o‘xshash, bozor munosabatlarida ommalashmagan tashkiliy-huquqiy shakllar tugatiladi.

Fuqarolik kodeksiga er-xotinning birgalikdagi vasiyatnomasi va meros shartnomasiga oid qoidalar kiritiladi.

Bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishning mustahkam huquqiy asoslari shakllantiriladi.

Yerga nisbatan xususiy mulk huquqini himoya qilish mexanizmlari joriy etiladi.

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning huquqiy asoslari shakllantiriladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga doir qonun loyihasi tayyorlandi

Xususan, kripto-aktivlar aylanmasi rivojlantiriladi, shaxsi ko‘rsatilmagan ma’lumotlarning sezilarli massivlarini (“big data”) yig‘ish va qayta ishlash tartibga solinadi.

Shuningdek, fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha adliya vaziri boshchiligida idoralararo komissiya tasdiqlandi.

Komissiya 2020-yil 1-aprelgacha Fuqarolik kodeksining yangi tahririni ishlab chiqishi lozim.