O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi soddalashtirildi

Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolar pasport, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni, shuningdek, EKIHning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilar 2019-yil 1-apreldan haydovchilik guvohnomalarini qayerda propiska qilingandan qat’i nazar Davlat xizmatlari markazlarida almashtirishlari mumkin.

Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, Toshkentda joylashgan 11 ta markazning 7 tasi zaruriy uskunalar bilan jihozlangan va ushbu markazlarda guvohnomalarni almashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Davlat bojining hajmi – EKIHning 70 foizi.

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi soddalashtirildi

Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolar pasport, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni, shuningdek, EKIHning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari talab etiladi.

Shuningdek, joriy yilning 1-aprelidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tartibda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun murojaat etishlari mumkin.