O‘zbekiston va Hindiston hukumatlari o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi

Hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston va Hindiston fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadirlar.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. 2019 yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Hindiston Respublikasi hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat Dehli shahrida 2018-yil 1-oktabr kuni imzolangan edi. Bu haqda TIV xabar qilmoqda.

Toshkentda hind tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi

TIV xabarida qayd etilishicha, hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston va Hindiston fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadirlar.

Bitim diplomatik pasportga ega bo‘lgan ikki davlat rasmiy vakillarining o‘zaro safarlari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal qilish imkonini beradi.