Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegaradagi tirbandlik sababini ma’lum qilishdi

Hozirda bir sutkada 250 dan ziyod bo‘lmagan yuk mashinani o‘tkazishni imkoni bor.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida yuk mashinalar to‘planib qolganini Qozog‘iston Moliya vazirligining davlat daromadlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasini ijro etuvchi Kuat Rahimov tasdiqladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida 60 metrlik fura yetti kilometrlik navbatni hosil qildi

Rahimovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk olib o‘tish oqimi to‘rt baravarga oshgan. Nazorat-o‘tkazish punktlari esa 20-yildan oldin qurilgan va modernizatsiya qilishni talab etadi.

U bir sutka davomida 250 dan ziyod bo‘lmagan yuk mashinani o‘tkazishni imkoni bo‘layotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarada mashinalar to‘planishi masalasini muhokama qildi

Ikkinchi sababi esa O‘zbekiston tomonidan avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish nazorati kuchaytirilgani. Shu bois Qozog‘iston hududa ko‘plab yuk mashinalar to‘planib qolishi kuzatilmoqda.