Shahobiddin Zoirov professional boksda debut jangini o‘tkazadi

Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda o‘zining debut jangini o‘tkazadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov 5-aprel kuni  professional boksda o‘zining debut jangini o‘tkazadi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini amerikalikka qarshi o‘tkazadi

Xabarda qayd etilishicha, mazkur bahs BAAda tashkil qilinadi. Shahobiddin Zoirovning debut jangdagi indoneziyalik Entoni Xolt raqiblik qiladi. Xolt shu paytgacha 10 ta jang o‘tkazgan va ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida 4 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor.

Vazn o‘lchash marosimi Shahobiddin Zoirovning vazni 54,88 kg, uning raqibi esa 54,38 kg vaznda ekanligi qayd etilgan.

MOQ Zoirov “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganini eslatib o‘tdi.