Hindistonda "Toshkent ishi" nomli film ekranlarga chiqmoqda

Hindistonda “Shastrini kim o‘ldirdi” yoki "Toshkent ishi" nomli film ekranlarga chiqmoqda. Film sujeti Toshkentda 1966-yilda bo‘lib o‘tgan voqealarga bag‘ishlangan.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Hindistonda “Toshkent ishi” (The Tashkent Files) nomli film ekranlarga chiqmoqda, deb xabar qildi Bollywoodtime.

Bosh rolda Mitxun Chakraborti o‘ynagan film sujeti 1966-yilning yanvarida Toshkentda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida.

Hindistonda "Toshkent ishi" nomli film ekranlarga chiqmoqda

1965 yilda Hindiston va Pokiston orasida mojaro avj olib qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan edi. G‘arb mamlakatlarning bir necha urinishlari foyda bermaganidan so‘ng, SSSR rahbariyati ushbu ikki davlat rahbariyatini Toshkentda muzokaralar o‘tkazishga ko‘ndiradi.

Hindiston bosh vaziri Lal Baxadur Shastri Pokiston bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish uchun Toshkentga keladi. Toshkentda Hindiston va Pokiston orasida tinchlik shartnomasi imzolanadi va muvaffaqiyatli kelishuvdan so‘ng tantanali ziyofat bo‘lib o‘tadi. Ertasi kuni 1966-yil 12-yanvarda Hindiston bosh vaziri vafot etadi.

Hindistonda "Toshkent ishi" nomli film ekranlarga chiqmoqda

Bir zumda g‘arbiy nashrlarda esa “Shastri Toshkentda zaharlandi bir guruh kishilar hibsga olindi” mavzusida maqolalar chop etishga tushadi. Lekin Shastrini ko‘zdan kechirgan shifokorlar u to‘rtinchi marotaba infarktni boshidan kechirganini va uning yuragi dosh bermaganini qayd etishadi.

Hindistonda "Toshkent ishi" nomli film ekranlarga chiqmoqda

Filmni tomosha qilgan kishi haqiqatni bilib oladimi, degan savolga rejisser quyidagicha javob berdi:

"Men sudya yoki politsiya emasman, men faqat odamlarga haqiqatni ko‘rsatishim mumkin. Keyin odamlar o‘zlari hal qiladi”, - deb javob qaytardi.

Hindistonda ushbu film 12-aprel kuni ekranlarga chiqadi. Quyida uning treylerini tomosha qilishingiz mumkin.