Yil boshidan buyon O‘zbekiston 15 million dollarga qalampir sotdi

O‘zbekistonda qalampir eksporti 11 barobar, oziq-ovqatlar umumiy eksporti esa 84 %ga oshdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Yil boshidan buyon qalampir eksporti O‘zbekistonga 15 million dollardan ortiq daromad keltirdi, deb xabar qilmoqda davlat Statistika qo‘mitasi.

O‘zbekiston Turkiya va Xitoyga qalampir eksport qiladi

Yanvar-fevral oyilarida O‘zbekistondan qalampir eksporti 10,8 baravar o‘sdi. Buning natijasida qalampir eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida yetakchi o‘ringa chiqdi.

O‘zbekistondan eksport qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy hajmi 175,3 ming tonnani, qiymati 86,4 million dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,7 %ga ko‘p degani.

Kelajakda ushbu raqamlar o‘sishda davom etadi, chunki fevral oyining oxirida O‘zbekistonda meva-sabzavotlarni eksport qilish tartibi osonlashtirilgan edi. O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarning asosiy xaridorlari bu Qozog‘iston ($17,8 mln), Qirg‘iziston ($15,1 mln) va Rossiyadir ($10 mln).