TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan haydovchilarning hushorligini yanada oshirish uchun tungi kofe breyklar tashkil etishmoqda. Bu haqda Zarnews nashri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari transport egasini to‘xtatib, agar haydovchi charchagan yoki uyqusi kelayotgan bo‘lsa unga kofe yoki choy tutqazib, uning hushorligini oshirishga harakat qilyapti.
“Tungi kofe breyk” tadbirlari viloyatning M-37 yo‘lidagi haydovchilarni hushorlikka chaqiruvchi maskanlarida tashkil etilgan.