TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Moskvada rejisser Georgiy Daneliya 88 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Mashhur rejisser 24-fevralda rejisser og‘ir o‘pka shamollashi bilan kasalxonaga joylashtirilgan edi. Keyinroq shifokorlar uni sun’iy koma holatidan chiqargani haqida ma’lum qilingan edi.
Georgiy Daneliya 1930-yilning 25-avgustida Tiflisda tug‘ilgan. 1959-yilda “Mosfilm”da Mixail Kalatozov qo‘l ostida oliy rejisserlik kurslarini yakunlagan.
Daneliya 20dan ortiq mashhur kartinalarni suratga olgan. Ular orasida “Sereja”, "Ya shagayu po Moskve", "Afonya", "Mimino", "Kin-dza-dza", “Kuzgi marafon” va “Djentelmeni udachi” kabi mashhur filmlar bor.
Daneliyaning “Meni har doim voqealar emas qahramonlar qiziqtirgan”, - degan iborasi ko‘pchilikning esida qolgan.