Moskva viloyatida mudhish avtohalokat: 6 kishi halok bo‘ldi

Bugun ertalab M-4 “Don” yo‘lining 65 kilometrida Mercedes va Scania to‘qnashdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Bugun ertalab Moskva viloyatida M-4 “Don” trassasida mudhish avtohalokat sodir bo‘ldi: mikroavtobus va fura to‘qnashib ketdi, buning oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan.

YTHda 8 yoshli qiz jarohatlandi, u og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

“YTH natijasida 6 kishi halok bo‘ldi: 4 nafar erkak va 2 nafar ayol. Ikki kishi jarohat oldi, ulardan 8 yoshli qiz, u og‘ir jarohatlar bilan Domodedovo shahrining markaziy shifoxonaga yetkazildi”, - dedi Petrova.

Bugun ertalab M-4 “Don” yo‘lining 65 kilometrida Mercedes va Scania to‘qnashdi.

YTH joyida tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda.