Rossiya xalq artisti Aleksey Buldakov vafot etdi

Aleksey Buldakov Mongoliyaga tashrifi chog‘ida vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Rossiya xalq artisti Aleksey Buldakov 68 yoshda vafot etdi.

Bu haqda "Kommersant" nashri xabar qildi.

 

Buldakov "Milliy ovning o‘ziga xos xususiyatlari" filmidagi general Ivolgin roli bilan tanilgan.

Qayd etilishicha, aktor Mongoliyada gastrolda bo‘lgan. Uning trombi yorilib ketgan.

Aktor karyerasi mobaynida komediya, detektiv, tarixiy va harbiy filmlarda 70 dan ortiq roll ijro etgan.