Qozog‘istonda yangi bayram paydo bo‘ldi

Qozog‘iston bayram sanalarining ro‘yxatiga yana bir band qo‘shildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Qozog‘iston fuqarolari 11-noyabr kuni Energiyani tejash kunini nishonlashadi. Bu haqda 28-mart kuni Qozog‘iston hukumati tegishli qarorni imzoladi.

Birinchi rasmiy tashrif: Qozog‘iston prezidenti Moskvaga keldi

“2001 yil 13-dekabrdagi Qonunining 4 moddasiga asosan hukumat bayram sanalari ro‘yxatiga 11-noyabr – energiyani tejash kunini joriy etishga qaror qiladi”, - deyilgan hujjatda.

Xalqaro energiyani tejash har yili 11-noyabr kuni Rossiya, Ukraina, Belarus va boshqa davlatlarda nishonlanadi.

Shu kuni an’anaviy tarzda ta’lim muassasalarida seminar, konferensiya, ma’ruzalar va  mavzuli ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Odamlar shu kuni telefon, komputer va televizorlarni o‘chirib sham yorug‘ligida oilaviy davralar dasturxonida o‘tkazishadi.