TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti samolyoti Moskva shahrining Vnukovo-2 aeroportida qo‘ndi.
Samolyot trapi oldida Qozog‘iston prezidentini Rossiya TIV vakili Igor Bogdashev va respublika elchisi Imangali Tasmagambetov kutib oldi. Kutib oluvchilar orasida Rossiya elchisi Aleksey Borodavkin ham bor.
Marosimda ikki davlat madhiyalari yangradi.
Vladimir Putin taklifiga asosan 3-aprel kuni Kasim-Jomart Tokayev o‘zining birinchi xorijiy tashrifini boshladi. Ikki davlat rahbari Kremlda uchrashuv o‘tkazadi.
Muzokaralarning asosiy masalasi – ittifoqchilikni va ikki davlat strategik sherikchiligini mustahkamlash bo‘ladi.
Ikki davlat rahbarlarining uchrashuv kun tartibida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, mintaqaviy va xalqaro masalalar o‘rin olgan.
Tashrif davomida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolash ko‘zda tutilgan.