AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqida qonun tayyorladi

Kongressga Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. AQSh Kongressiga Rossiyaga qarshi sanksiyalar qonun loyihasi kiritildi.

Tramp otasining tug‘ilgan joyi haqida gapira turib, adashib ketdi

Qonun loyihasi ikki yoki undan ortiq Rossiyaning yirik banklari aktivlarini muzlatishni ko‘zda tutadi. Cheklovlarga Sberbank, VTB, VEB, Rosselxozbank va Gazprombank kirishi mumkin.

Loyihada nisbatan yengil choralar ham ko‘zda tutilgan – shu banklarda hisob ochishga taqiq qo‘yish yoki qiyinlashtirish.

Hujjat energetika sektoriga investiya kiritish bo‘yicha shartnomalarni tuzishga cheklovlarni inobatga oladi.

Bundan tashqari, ijro hukumati fikriga ko‘ra, AQSh savlovlariga aralashgan “istalgan yuqori martabali xorijiy siyosiy shaxslar yoki oligarxlar”ga AQShga kirishni man etishni nazarda tutadi.