TIV Koreyadagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolayotgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi

Hozirgi paytda Abram Niyozovning davolanishi bilan bog‘liq barcha tibbiy harajatlarni qoplash va tegishli tovon pulini to‘lashga oid masalalarni hal qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. TIV Koreyadagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolayotgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi.

Janubiy Koreya o‘zbekistonlik migrantlar uchun kvotalarni oshirdi

Ma’lumotda aytilishicha, Abram Niyozovning holatida o‘zgarish bo‘lmagan. O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi o‘zbekistonlik yigitning ahvolidan doimiy ravishda xabar olib turibdi.

“Diplomatik vakolatxona vakillari bemordan muntazam ravishda xabar olib, uning akasi Azizjon Oqilov, kasalxonaning tibbiy va ma’muriy xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, - deyilgan TIV bayonotida.

Hozirgi paytda Abram Niyozovning davolanishi bilan bog‘liq barcha tibbiy harajatlarni qoplash va tegishli tovon pulini to‘lashga oid masalalarni hal qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.