TOShKENT, 2 apr - Sputnik. Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlikda ayblanayotgan 10 nafar ayblanuvchi aybini tan olmadi. Bu haqda RIA novosti muxbiri xabar qildi.
Hozirda sud majlisi zaliga 10 nafar ayblanuvchi olib kelingan. Ularning hammasi sud boshlanishidan oldin jurnalistlarga o‘zlarining begunoh ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Moskva harbiy okrug sudi seshanba kuni 2017-yil Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlikda ayblanayotganlarga nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqishga kirishdi.
2017 yil 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir bo‘ldi. Fojiada 16 kishi, jumladan, xudkush terrorchi Akbarjon Jalilov qurbon bo‘ldi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Qara-Suu tumanidan bo‘lgan Sirojiddin Muxtarov Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt buyurtmachisidir. Hozirda u sirtdan hibsga olingan. Shuningdek, o‘zbekistonlik Bobirjon Mahbubov ham terakt tashkilotchilaridan biri sifatida sirtdan hibsga olingan.
Mazkur jinoiy ish yuzasidan Sayfulla Hakimov, Shohista Karimova (ushbu jinoiy ish yuzasidan qo‘lga olingan yagona ayol), Akram Azimov i Mahamadusuf Mirzaalimov, Abror Azimov, Dilmurod Muidinov, Sodiq Ortiqov, Azamjon Mahmudov, Bahrom Ergashev, Ibragim Ermatov i Muhamadusuf Ermatov ayblanuvchi sifati sud qilinadi.
Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan sud majlisi boshlanadi
Tergov Abror Azimovni ham terakt tashkilotchilaridan biri deb hisoblaydi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning ukasi Akram Turkiyada terakt sodir etish uchun xalqaro terrorchi guruhning faol ishtirokchisidan pul olgan, so‘ngra xudkushga o‘tkazgan.