Qo‘qonda uch egizakning otasiga sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt YTHga uchradi

Farg‘ona viloyati IIB YHXB ma’lum qilishicha, Cobalt avtomashinasi ishtirokidagi YTH 31-mart kuni soat 11:15 da Qo‘qon shahar Shohruxobod ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Qo‘qonda tug‘ilgan uch egizakning otasi Jasurbek Mamadqulovga Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 22-dekabr kuni Qo‘qon shahar Shijoat ko‘chasi 29-uyda yashovchi Jasurbek va Muslimaxon Mamadqulovlar oilasida uch o‘g‘il egizak dunyoga kelgan edi.

Egizaklarga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yilgandi. Yanvar oyida uch egizakning ota-onasiga prezident sovg‘asi – Cobalt avtomashinasi sovg‘a qilingandi.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB ma’lum qilishicha, Cobalt avtomashinasi ishtirokidagi YTH 31-mart kuni soat 11:15 da Qo‘qon shahar Shohruxobod ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Qo‘qonda uch egizakning otasiga sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt YTHga uchradi
Qo‘qonda uch egizakning otasiga sovg‘asi sifatida berilgan Cobalt YTHga uchradi

Opel avtomashinasining Cobalt bilan to‘qnashishi natijasida 2 fuqaro – Amudaryo ko‘chasi, 80-uyda yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan D.Q. va Shijoat ko‘chasi, 29-uyda yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan N.A. (egizaklarning buvisi) tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilarning ikkalasi ham Cobalt’da bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati IIB YHXB ushbu YTH bo‘yicha ma’muriy ish ochilganini tasdiqladi.