Islom akademiyasida yangi aksiya yo‘lga qo‘yildi

Aksiya milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ulug‘lash va targ‘ibot qilish, talabalarni yanada jipslashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. O‘zbekiston milliy akademiyasi talabalari tashabbusiga asosan #milliy_day aksiyasi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sputnik agentligiga ushbu oliygoh matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentda hind tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi

Matbuot xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, endi har juma kuni qizlar milliy kiyim atributlaridan -  atlas ro‘mollar, nimchalardan foydalanishlari mumkin. Yigitlar esa do‘ppi kiyishlari mumkin.

Oliygoh talabalari yoshlar ittifoqi bilan kelishilgan holda ushbu aksiya yo‘lga qo‘yildi.

Aksiya milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ulug‘lash va targ‘ibot qilish, talabalarni yanada jipslashtirish maqsadida tashkil etildi.

“Talabalar Navro‘z bayramida yorqin milliy liboslarda kelishganda bu hammaga yoqdi. Shuning uchun talabalar har juma kuni milliy kun sifatida o‘tkazishga qaror qilishdi”, - deb qo‘shimcha qildi akademiya vakili.