Dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan Fodor Konyuxovning eshkakli qayig‘i ag‘darilib ketdi

Mashhur sayohatchi Fodor Konyuxovning eshkakli qayig‘i Janubiy okeanda shtormda ag‘darilib ketib shikastlandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan rossiyalik sayohatchi Fodor Konyuxovning eshkakli qayig‘i Janubiy okeanda ag‘darilib ketdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan tun soat 22:17 da sayohatchining qayig‘i o‘z o‘qi atrofida 360 gradusga aylangan.

“Quyosh panellarining bir qismi, shamol yo‘nalishini ko‘rsatuvchi aspob uzilib tushdi. 20 daqiqadan so‘ng qayiq yana bir marotaba o‘z o‘qi atrofida aylanib mustaqil ravishda o‘z holatiga qaytdi. Keyin yana bir marta (180 gradusga) aylandi va uzoq vaqt kili bilan tepaga qarab yotdi. Navbatdagi to‘lqin o‘ng tomoniga urilganidan keyin qayiq yana o‘z holatiga qaytdi”, - deb sayohatchining so‘zlari keltirilgan xabarda.

Sayohatchining o‘g‘li va sayohat koordinatori Oskar Konyuxov aytishiga qaraganda, qayiq shtormda o‘z o‘qi atrofida aylanayotgan vaqtda Fodor Konyuxov qayiqning dum qismidagi yopiq bo‘linmada, o‘zini qayiq tubiga bog‘lagan holda, jon saqlagan.

Dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan Fodor Konyuxovning eshkakli qayig‘i ag‘darilib ketdi

Tungi soat 2lar atrofida shtorm tinganidan so‘ng Fodor Konyuxov palubaga chiqib qayiqni ko‘zdan kechirgan. Xayriyatki sputnik telefon antennalari va quyosh panellari omon qolgan. Shamol yo‘nalishi va tezligini ko‘rsatadigan aspob ishdan chiqqan.

Fodor Konyuxov ayni damda eshkakli qayiqda dunyoni aylanib chiqish bo‘yicha katta sayohatni boshlagan. U 2018-yilning dekabr oyida Yangi Zelandiyadan yo‘lga chiqib 120 kun ichida Chiliga yetib borishi kerak. Sayohat umumiy uzunligi 27 ming kilometr, muddati – 3-yil. Konyuhovga qadar hech kim eshkakli qayiqda bunday sayohatni amalga oshirmagan.

Dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan Fodor Konyuxovning eshkakli qayig‘i ag‘darilib ketdi

Eslatib o‘tamiz, Fodor Konyuxov Rossiyalik mashhur sayohatchi. U Yer sharini yelkanli qayiq, havo shari va boshqa uslublarda 5 marotaba aylanib chiqqan. Bir o‘zi Janubiy va Shimoliy qutblarga sayohat qilgan.

Maxsus qayiq

Fodor Konyuxovning ushbu sayohati uchun maxsus eshkakli qayiq britaniyalik injener Filipp Morrison (Phil Morrison) tomonidan loyihalashtirilgan va Rannoch Adventures ustaxonasida qurilgan.

Qayiq imkon qadar ixcham va yengil yasalan. Unda, sayohat uchun kerak bo‘ladigan barcha uskunalar va 1 kishiga 300 kunga yetadigan oziq-ovqat zahiralari joylashtirish mumkin.

Qayiqning uzunligi 9 metr. Old qismida krash-boks, ya’ni zarbani o‘ziga qabul qiladigan qism bor. O‘rtasida usti ochiq, o‘trib eshkak eshish uchun moslashgan bo‘lim va usti yopiq boshqaruv bo‘limi bor. Qayiq dum qismida yotib dam olish uchun moslashgan bo‘lim bor.  

Qayiqda 3ta avtonom energiya manbai bor: quyosh panellari, shamol generatorlari va EFOY kimoviy elektr energiya manbai. Undan tashqari sputnik telefon aloqasi va avtomatik sputnik mayoqi o‘rnatilgan. Shuningdek, u barcha zamonaviy qayiqlarda bo‘lgani kabi, bir necha aloqa va navigatsiya tizimlari bilan jihozlangan.

Dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan Fodor Konyuxovning eshkakli qayig‘i ag‘darilib ketdi