TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Boku “Buyuk ipak yo‘li” nomli boks bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar qildi.
Bugun finalda jang qilgan o‘zbekistonlik bokschilardan Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov (-91 kg) va Obidjon Tohirov (+91 kg) raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘lishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining qayd etgan natijasi: Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin; Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin; Obid Toxirov (+91 kg) – oltin; Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush; Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush; Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza; Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) – bronza; Xurshid Abdullayev (-81 kg) – bronza.
31 mart kuni o‘tkazilgan yarim final bahslaridan keyin Jasurbek Latipov (-49 kg), Hasanboy Do‘smatov (-52 kg) va Xurshid Abdullayev (-81 kg) bronza medali egasiga aylanishgan.