Xitoyda rossiyalik model meningit kasalligiga chalindi

Alisa Mitrova bakterial meningit tashxisi bilan 25-mart kuni Shanxayda kasalxonaga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Xitoyda rossiyalik model Alisa Mitrova bakterial meningit tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Mitrovaning do‘stlari 25-mart kuni model Shanxayda bakterial meningit bilan kasalxonaga tushganini ma’lum qilishdi.

Qiz onasining so‘zlariga ko‘ra, tashxishda aniqlangan kasallik sug‘urtaga kirmasligi va shifoxonada davolanish juda qimmat bo‘lganligi uchun boshqa shifoxonaga o‘tkazilganini aytdi.   

RIA Novosti qizning otasi Vitaliy Mitrov bilan suhbatlashdi.

“Alisaning ahvoli yaxshi, u hali shifoxonada”, - dedi Mitrov.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bemor yana ikki hafta kasalxonada bo‘ladi.