Toshkentda yangi taksi paydo bo‘ldi - foydalanuvchilar hayratda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida taksi "Xammer" avtomashinasi tasvirga olingan fotosuratlar paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Toshkentda yangi taksi paydo bo‘ldi, ya’ni shaharni endi “Xammer” avtomashinasida aylansa bo‘ladi.

Toshkentda yangi taksi paydo bo‘ldi - foydalanuvchilar hayratda

Ayrim internet foydalanuvchilari bu "birinchi aprel" xazili bo‘lishi mumkin deya tahmin qilishgan.

Boshqa mushtariylar esa endi bozor yoki ishxonagacha hashamatli mashinada borish mumkinligini aytishmoqda.

Toshkentda yangi taksi paydo bo‘ldi - foydalanuvchilar hayratda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-iyulidan boshlab xususiy tadbirkorlarga taksi xizmatlari ko‘rsatish huquqi berilishi mumkin. Buning uchun ular litsenziya kartochkalari olishi va taksi operatorlari bilan elektron platforma orqali shartnoma imzolashlari kerak bo‘ladi.

Transport vazirligi tomonidan buni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi.