Shahzoda O‘zbekistonda senzura haqida nima dedi

Shahzoda O‘zbekistonda san’atkorlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar  haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli aktrisa va xonanda Shahzoda, yaqinda Kreml saroyi sahnasida chiqishidan so‘ng,  Sputnik muxbiri bilan suhbat qilgan edi.

Xonanda aytishiga qaraganda, O‘zbekistonda ijodiy jihatdan hech kim birovni cheklamaydi, lekin telekanallarda chiqish qilganda, o‘zbek xalqining urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim cheklovlar bor.

Shahzoda: o‘g‘limning biri repper, ikkinchisi esa politsiyachi bo‘lishni xohlaydi

“Bizda har qanday ijodiy kishi o‘zini namoyon qilishi, ijod mahsulini internetga joylashtirishi mumkin, bu borada hech kim uni cheklamaydi, lekin telekanallarda o‘ziga yarasha senzura bor. Bu to‘g‘ri tushunish kerak, biz baribir sharqona mamlakatmiz, o‘zbek xalqining an’anaviy urf-odatlari, ma’naviyati bor. Ota-onalar farzandlarini imkon qadar yaxshiroq tarbiya qilishga harakat qilishadi. Agar qo‘shiqlarda zo‘ravonlik, beshafqatlik targ‘ib etilsa - bu albatta to‘g‘ri kelmaydi. Menimcha shunday qilish to‘g‘ri bo‘lsa kerak. Men ham oldin buni senzura deb hisoblar edim, lekin hozir, o‘z bolalarim paydo bo‘lganidan keyin, bunday choralar kerakligiga amin bo‘ldim”, - deydi xonanda.

Zamonaviy O‘zbekiston va Rossiya estradasi haqida gapirarkan, Shahzoda hozir hamma joyda yangi zamonaviy oqimlar paydo bo‘layotganini, lekin oldingi, mashhurligi uzoq yillar davomida so‘nmaydigan qo‘shiqlar uning ko‘ngliga ko‘proq yoqishini xabar qildi.

“Oldin qo‘shiqlarda yurak va ma’no bor edi. Qo‘shiq matniga katta e’tibor berilar edi. Menimcha O‘zbekistonda shunday uslub biroz bo‘lsada saqlanib qolgan. Bizda qo‘shiq so‘zlariga ham ko‘proq e’tibor berishadi. 

Bu bilan men yangi yo‘nalishlarni tanqid qilmoqchi emasman. Menga ham ba’zi yangi narsalar yoqadi. Ustiga-ustak o‘g‘lim ham kelajakda reper bo‘lmoqchi. Ko‘ramiz kim bo‘lib yetishar ekan.  Hozircha uning matnlarida biror nojo‘ya so‘z payqamadim. To‘g‘ri yo‘ldan ketadi deb umid qilaman", -deydi Shahzoda.