Dollar yana ko‘tarildi – O‘zbekistonda valyuta kurslari

O‘tgan haftada dollar 11,93 so‘mga qimmatlashib, 8 389,97 so‘mni tashkil etgandi.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 2-apreldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 29,65 so‘mga ko‘tarilib, 8 419,62 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 47,28 so‘mga pasayib, 9 444,29 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 1,58 so‘mga kamaydi va 128,14 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.