Germaniyada terorchilikda ayblanib Markaziy osiyolik 10 kishi ushlandi

Germaniyada “Islomiy davlat” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa qilishda ayblanib 10 nafar Markaziy osiyolik hibsga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Germaniya politsiyasi Dusseldorfda terrorchilik akti rejalashtirayotgan 10 nafar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Bild nashri.

“Ushbu fuqarolar Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Baden-Vurtemberg federal hududlarida bo‘lib o‘tgan maxsus aksilterror operatsiyalar davomida hibsga olindi. Operatsiya doirasida portlovchi moddalar bilan ishlovchi mutaxassislar yordami kerak bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Dusseldorf shahar prokuraturasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, gumon qilinuvchi shaxslar 10 kishi va ularning aksariyati  Tojikiston fuqarolari. Ular “Islomiy davlat” terrorchilik tashkiloti bilan aloqa qilishda va davlat xavfsizliga tahdid solishi mumkin bo‘lgan jinoyat rejalashtirishda gumonlanmoqda.