Toshkentda aprel boshida Xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi ochiladi

Ko‘rgazmada dunyoning 26 mamlakatidan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadilar.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar - Sputnik. 3-5 aprel kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy hamkorligida oziq-ovqat sanoati va mahsulotlari "Oziq-ovqat sanoati" UzFood 2019 - Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Markaziy Osiyoda oziq-ovqat muammosi bormi?

Ko‘rgazmada dunyoning 26 mamlakatidan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadilar. Shuningdek, UzFood 2019 stendlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlari taqdim etiladi.

Ko‘rgazmada quyidagi bo‘limlar taqdim etiladi: Oziq-ovqat va ichimliklar, Non mahsulotlari, Oziq-ovqat mahsulotlari, qo‘shimchalar va ziravorlar, Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, HoReCa va qadoqlash.

Ko‘rgazma davomida Chakana savdo markazi tashkil etiladi va ishtirokchilar uchun O‘zbekiston bozoriga mahsulotlarni olib kirish uchun chakana savdo tarmoqlari bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini mavjud bo‘ladi.