TOShKENT, 30 mar – Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ulkan doshqozonda sumalak tayyorlandi. Oshpazlar so‘zlariga ko‘ra, Navro‘zning bosh taomi kutilgandan ham ko‘proq bo‘ldi - 8 tonnadan ortiq. Tayyor sumalakning qozon bilan birgalikdagi og‘irligi 15 tonnaga teng bo‘ldi.
Toshkentda 8 tonnalik sumalak barcha xohlovchilarga tarqatildi
© Foto: Ramiz Baxtiyarov
Sputnik O‘zbekiston muxbirining xabar qilishicha, tashkilotchilar rekord o‘rnatishni xohlashmadi, ular bu aksiya xayriya aksiyasi bo‘lishini istadilar. Shu bois sumalak idishlarga taqsimlanib, barcha xohlovchilarga tarqatildi. Shuningdek, mehribonlik uylariga yuborildi.
Toshkentda 8 tonnalik sumalak barcha xohlovchilarga tarqatildi
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shunday qilib, toshkentliklar va poytaxt mehmonlari shu kunlarda ajoyib taomni ta’tib ko‘rishdek noyob imkoniyatga ega bo‘lishdi.
Toshkentda 8 tonnalik sumalak barcha xohlovchilarga tarqatildi
© Foto: Ramiz Baxtiyarov