O‘zbekistonda Haj va Umra ziyorati uchun qo‘shimcha aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Umra ziyorati davrida din sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida xamrohlik qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda qo‘shimcha aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilayotganligi ma’lum qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida Haj shartnomasi imzolandi

Xabarda ta’kidlanishicha, Umra ziyorati davrida din sohasida faoliyat yuritayotgan malakali xodimlar ziyoratchilarga guruh rahbari sifatida xamrohlik qilmoqda. Ziyoratchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, qulay sharoitga ega mehmonxonalar ajratilgan, fuqarolar 3 mahal issiq taomlar bilan ta’minlangan va Saudiya Arabistoni Qirolligida transport masalalari to‘liq hal etilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilda Respublika bo‘yicha 16 ming fuqaro Umra ziyoratini amalga oshirgan bo‘lib, Toshkent shahridan ziyoratga 2,5 mingdan ziyod fuqaro borib kelgan.