Shavkat Mirziyoyev Buxoroga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. 

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash hamda muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish rejalashtirilgan.