Qozog‘iston prezidenti Tokayevning ilk xorijiy tashrifi qayerga amalga oshirilishi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev aprel oyida o‘zining ilk xorijiy tashrifini amalga oshirmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev 3-aprel kuni ilk xorijiy tashrif bilan Rossiyaga keladi, Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati.

Ushbu tashrif Tokayevning Qozog‘iston prezidenti sifatidagi ilk xorijiy tashrifi bo‘ladi.

"3 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketadi. Davlat rahbari tashrif dasturining asosiy maqsadi RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishdan iborat bo‘ladi", - deyiladi Qozog‘iston rahbarining rasmiy saytida.

Hokimiyatni birovga topshirish yoki Qozog‘iston taraqqiyot yo‘li qanday bo‘ladi

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston va Rossiya yetakchilari uchrashuvi kun tartibidan ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro dolzarb mavzular masalalari o‘rin olgan.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U prezidentlik vakolatlarini parlament senati spikeri Tokayevga topshirdi. Tokayev 2020-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan saylovlargacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini bajaradi.