Rossiyalik shifokor ichki kiyimidagi fotosessiyasi uchun keskin tanqidga uchradi

Shifokor-pediatr Anastasiya Orlova ijtimoiy tarmoqda ichki kiyimidagi fotosessiya uchun keskin tanqidga uchradi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Ivanovo viloyati Kineshma shahridan bo‘lgan shifokor-pediatr Anastasiya Orlova ijtimoiy tarmoqda ichki kiyimidagi fotosessiya uchun keskin tanqidga uchradi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy “Kineshemes.ru” saytiga asosan xabar qildi.

Futbolchi Suaresning yangi sevgilisi e’tiborsiz yashay olmaydi: ispaniyalik model haqida

Suratlarni "VKontakte" ijtimoyi tarmog‘ida muallif Yelena Shogoleva joylashtirdi.

Ayrim foydalanuvchilar foto-suratlarning go‘zalligi va modelning chiroyligiga ijobiy baho berishgan. Boshqalar esa bu ayol bolalar bilan ishlaydigan shifokor bo‘la turib bunday “erkinlik”ka yo‘l qo‘yganiga e’tirozlar bildirishdi.

Bunga javoban Orlova “Kineshemes.ru” saytiga bergan intervyusida, tanqidchilarni uning qabuliga kelib, e’tirozlarni shaxsan o‘ziga aytishga chaqirdi. Shuningdek, shifokor “chiroyli fotosuratlar qilmoqchi bo‘lgani, o‘ziga yangi liboslarni kiyib ko‘rishini” istagani aytadi.

Bunga o‘xshash holat birinchi marta sodir bo‘lmayapti. 2018-yil iyun oyida Omsk viloyati kupalnikda fotosuratga tushgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgan. Shu holatdan keyin rossiyalik o‘qituvchilar hamkasbini  qo‘llab-quvvatlash maqsadida fleshmob o‘tkazishdi.